1

​Azamat Axrorov Shaxzoda Muhammedova bilan «Asal oyi»da...

Shou-biznes 08.02.2017, 11:25
Teglar: Muhabbat, Shou-biznes, To`y, Aktrisa, Aktyor, Oila, Shahzoda Muhamedova
​Azamat Axrorov Shaxzoda Muhammedova bilan «Asal oyi»da...

Azamat Axrorov hamda Shaxzoda Muxammedovaning muhabbat mojorolari hali yakun topmagan bir vaqtda kinoijodkorlar ularni yana sevishganlar roliga taklif qilishdi.

Rejissyor Jahongir Ahmedov uzoq tanaffusdan so`ng yangi romantik kinokomediya ustida ish boshladi. «Asal oyi» deb nomlangan yangi romantik kinokomediyada bosh rollarni aynan aktyor va rejissyor Azamat Axrorov hamda aktrisa va dizayner Shaxzoda Muhammedovalar ijro qilishmoqda.

Bosh rollarga aktyor va aktrisalarni tanlash borasida prodyuserlar uzoq tortishuvlardan so`ng Azamat Axrorov hamda Shaxzoda Muhammedovalar juftligini tanlashdi.

Filmning asosiy voqealari ya`ni asosan chet elda suratga olinishi rejalashtirilgan bo`lib, moddiy xarajatlarni uchta katta prodyuserlar o`z bo`yniga olganligi ham filmning nechog`lik katta kino kartinka ekanligidan dalolat beradi. Nahotki filmning byudjeti shu darajada katta bo`lsa?


Shaxzoda Muhammedova filmdagi bosh qahramon qiz uchun 22 xil libosdan tashkil topgan liboslar dizayni va ularni tikib, tayyorlash bilan bandligi haqida o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma`lum qildi.

Filmda Matyoqub Matchonov, Ra`no Yarasheva, Muhammad Iso Abdulxayirov, Dilshod Mirzamuratov singari aktyorlar jamoasi ishtirok etadi.

Bizningcha kasting jarayoni va aktyor, aktrislarni saralash hali ham davom etmoqda.

«Asal oyi» filmining ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyori Jahongir Ahmedov.

Ma`lumotlar filmning instagramdagi «Asal oyi» deb nomlangan rasmiy sahifasidan olindi.

Sharhlar

Samarqandda to`yda yo`qolib qolgan 4 yoshli bolaning jasadi quduqdan topildi (video)

01.10.2022, 14:39

Samarqanddagi to`yxonada yaqinlarining qarovsiziligi sabab yo`qolgan bolakay, bazmgoh atrofidagi 8 metrlik quduqqa tushib ketganligi aniqlandi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.Ma`lum qilinishicha,...
To`y fojiaga aylandi: marosimga ketayotgan kuyov daryoga cho`kib ketdi

20.07.2022, 09:30

Pokistonda to`yda ishtirok etish uchun kelayotgan mehmonlar bo`lgan qayiq cho`kib ketdi, deya xorij OAVga asoslanib yozmoqda "Zamon.uz"Ma`lum qilinishicha, kamida 20 kishi halok bo`lgan. Ular ayollar...
O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p?

26.09.2021, 17:45

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p? Davlat statistika qo`mitasi ma`lumot berdi. Unga ko`ra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga O`zbekiston Respublikasida jami 8 871 412 ta oila...
O`zbekistonda to`ylarni 100 kishilik qilib o`tkazishga ruxsat berildi

20.09.2021, 10:56

Avval xabar berganimizdek, Respublika maxsus komissiyasining yig`ilishida O`zbekistonda karantin talablarini qisqartirish orqali aholiga madaniy va ma`naviy hordiq chiqarish hamda dam olishlarini mazmunli o`tkazish uchun qulay...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1