Afg`oniston poytaxti Qobuldagi Oliy sud binosi oldida sodir bo`lgan teraktda 21 kishi halok bo`ldi. Bu haqda Reuters mamlakat sog`liqni saqlash vazirligiga asoslanib xabar berdi.
Ma`lumotlarga ko`ra, 48 nafar jabrlanganlar kasalxonaga etkazilgan. Polisiyaning xabar berishicha, portlovchi moslama hudkush tomonidan harakatga keltirilgan. Terrorchi polisiya xodimi uning hujjatlarini tekshirmoqchi bo`lganda o`zini portlatib yuborgan. Aksariyat qurbonlar Oliy sud xodimlari.
Afg`oniston Oliy sudi oldidagi terakt BMT tomonidan keskin qoralanib, uni sodir etganlar albatta o`z qilmishiga yarasha jazo olishi kerak degan fikrni ilgari surdi.
BMT Xavfsizlik kengashi ushbu teraktni “vahshiyona va razil” deb atadi hamda halok bo`lganlarning oilalariga ta`ziya izhor qildi.