AsosiyDunyo
5512

​Halok bo`lgan reperning YouTube' dagi semplidan foydalangan Beyonsedan uning vakillari pul talab qildi

'​Halok bo`lgan reperning YouTube' dagi semplidan foydalangan Beyonsedan uning vakillari pul talab qildi'ning rasmi

Halok bo`lgan amerikalik reper va YouTube' kanalining mashhurlaridan biri Messy Mya (haqiqiy ismi-sharifi — Entoni Barre)ning vakillaridan biri Beyonsening uning semplidan klipida foydalangani uchun da`vo arizasi bilan sudga murojaat qildi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Ular Beyonsedan 20 million dollar talab qilishdi. Barrining vakillari Beyonseni Messy Mya ning monologidan beruxsat foydalanganlikda aybladi. Musiqali rolik boshlanishidan ilgari Beyonse reperning “Keyin Yangi Orleanda nima bo`ldi?” va “Talablarga binoan men qaytdim”, degan iborasini ishlatgan. Ular Barrening 2010 yilda YouTube kanaliga joylashtirilgan videosidan olingan. Artistning monologi videoxostingda 2,7 million marotaba tomosha qilingan.

Entoni Barre 2010 yilning noyabr oyida Yangi Orleanda otib o`ldirilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar