Rossiyaning Belgorod viloyatidagi Teterevino qishlog`ida yashovchi Yulya ismli qiz yonayotgan uydan uch nafar ukasi va ikki nafar singlisini olib chiqdi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.
“Onasi Yulyaga ukalariga qarab o`tirishni buyurib, o`zi yaqin orada joylashgan o`rmondan o`tin terib kelishga ketgan. Yong`in boshlanganda Yulya uyda 2009, 2011, 2015 yilda tug`ilgan ukalari va 2008, 2013 yilda tug`ilgan singillari bilan o`ynab o`tirgan. Uyning yonayotganini ko`rgan bolalar karavot tagiga, shkafning ichiga berkingan. Yulya uka-singillarini yoniga chaqirib, deraza oynasini mushti bilan sindirgan va ularni adyolga o`rab, birin-ketin tashqariga irg`itgan”, deb ma`lumot berdi Rossiya FVV matbuot xizmati.
Yulya eng oxirgi ukasini derazadan tashlayotganda yon qo`shnisining yordamga yugurib kelayotganini ko`rgan, bolani unga uzatgach, o`zi hushidan ketgan. U o`ziga kelganda, hamma uka-singillarini qutqarganiga ishonch hosil qilish uchun ularni qayta-qayta sanagan. Hozirda bolalarning hammasi sog`-salomat, hech kim jabrlanmagan.
13.12.2022, 11:03
Qozog`iston gaz ittifoqini yaratish masalasini muhokama qilmadi, deb xabar qildi mamlakat energetika vazirligiga tayanib Ria Novosti. "Qozog`iston, Rossiya va O`zbekiston gaz tashish tizimlarining texnik imkoniyatlarini muhokama...02.12.2022, 09:10
Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin ikki kunlik tashrif bilan O`zbekistonga keldi. Siyosatchini uning hamkasbi Abdulla Aripov kutib oldi. Bu haqda Rossiya Federasiyasi hukumati matbuot xizmati...10.11.2022, 12:45
AQSh Ukrainani parvozlardan holi hudud deb e`lon qilishdan voz kechdi. Jozef Baydenning so`zlariga ko`ra, Qo`shma Shtatlar uchinchi jahon urushini boshlamoqchi emas. Bu haqda "zamon.uz" xabar...11.10.2022, 12:19
Dushanba kunggi ommaviy raketa hujumlaridan so`ng, Putin Ukrainaga yangi zarbalar bilan tahdid qildi.Rossiya prezidenti Vladimir Putin strategik ahamiyatga ega Qrim ko`prigi portlatilganidan ikki kun o`tib,...