1

​Jahongir Otajonov muxlislarini aldanib qolmaslikka chaqirdi

Shou-biznes 08.02.2017, 15:13
Teglar: ​Jahongir Otajonov
​Jahongir Otajonov muxlislarini aldanib qolmaslikka chaqirdi

Xonanda Jahongir Otajonov o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali muxlislariga murojaat qilib, ularni firibgarlardan ogoh etdi.

“Aziz yurtdoshlar, albatta ba`zi insonlar o`zini men Jahongirning ukasiman yoki jiyaniman yoki yaqiniman deb turib va yana men bilan birga tushgan suratini ko`rsatib yoki boshqa bir shunga o`xshash harakatlar bilan sizlarni ishontirib, kimnidir konsertiga bilet sotsa yoki to`yga olib kelaman, deb aytsa va siz bunga ishonib zarar ko`rsangiz mendan xafa bo`lmang! Chunki men bilan bir kunda bir qancha odamlar suratga tushadi, men bilmaymanku kim nima niyatda suratga tushishini yoki so`ramaymanku nimaga suratga tushyapsiz, deb shuning uchun bilingki mening ukam yoki jiyanim boshqa san`atkorlarning konsertlariga bilet sotish huquqiga ega emas! Sog`-salomat va ehtiyot bo`linglar va bu masalada bizni bezovta qilmanglar, bilingki barcha konsertlarga chiptalar konsert bo`ladigan saroy kassalarida sotiladi”, deb yozadi Jahongir Otajonov.

Ma`lumot uchun, Jahongir Otajonov 11-12-13 mart kunlari “Istiqlol” san`at saroyida yangi konsert dasturini taqdim etadi.

Sharhlar

"U san`atkormas, masxaraboz". Xonanda Xusan Jahongir Otajonovning san`atga qaytganiga munosabat bildirdi (video)

12.07.2021, 15:49

Avvalroq, xonanda Jahongir Otajonov san`atga yana qaytgani va onasi uchun konsert bermoqchiligi haqida xabar bergan edik. Xonandaning bu bayonoti ortida ijtimoiy tarmoqlarda turli bahs-munozaralar boshlandi. Xususan,...
Jahongir Otajonov yana qaytdi. U onasi uchun konsert bermoqchi

11.07.2021, 17:29

Xonanda Jahongir Otajonov o`zining instagram sahifasida siyosatdan ketib onasi uchun konsert berishini ma`lum qildi.  "Siyosiy masalada jonli efir tashkil qilmaganimga 15 kun bo`ldi. Har bir...
Jahongir Otajonov yangi partiya tuzish niyatida ekanligini aytdi

26.01.2021, 18:08

Qo`shiqchi Jahongir Otajonov Prezidentlik saylovlarida o`z nomzodini qo`ymoqchi ekanligi haqida xabar bergan edik. Keyinchalik san`atkor biror  tumanga hokim qilishlarini so`rab Prezidentga videomurojaat yo`lladi.Otajonov ijtimoiy tarmoqdagi...
"Sharoiti eng og`ir tumanni menga bering!" Jahongir Otajonov Prezidentdan uni hokim qilishini so`radi (video)

22.01.2021, 22:00

Sal avval san`atni tark etgan Jahongir Otajonovning ijtimoiy tarmoqlarda navbatdagi shov-shuvli videosi tarqaldi. Unda sobiq xonanda, O`zbekiston prezidentidan uni respublikaning biror hududiga hokim etib tayinlashini so`ragan."Eshitishimcha,...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1