AsosiyDunyo
13062

​Suratlari internetda ommalashgan nigeriyalik bola maktabga bordi

'​Suratlari internetda ommalashgan nigeriyalik bola maktabga bordi'ning rasmi

Bid`atga berilgan ota-onasi tomonidan tashlab ketilgan nigeriyalik bola maktabga chiqdi, deb yozadi “Lenta.ru”.

Bolakay Daniyadagi hayriya tashkiloti asoschisi Anya Ringgren Loven tomonidan bir yil avval qutqarib qolingan edi.

2016 yilning yanvar oyida Loven ozib ketgan ikki yoshli bolakayga suv berayotgani aks etgan surat ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan va muhokamalarga sabab bo`lgan edi.

Bolaning qarindoshlari uni jodugarlikda ayblab, undan voz kechishgan edi. Daniyalik ayol o`zi va turmush o`rtog`i tomonidan Nigeriya sharqida asos solingan bolalarga yordam ko`rsatuvchi maskanga bolani olib keldi.

Loven The Huffington Post nashriga ma`lum qilishicha, o`shanda unga kimdir qo`ng`iroq qilgan va qarindoshlari voz kechgan bola haqida xabar bergan.

“Biz u ikki-uch yoshda ekanligini eshitganimizdan so`ng, zudlik bilan bolaga yordam ko`rsatishga oshiqdik. Bunday kichkina bolalar uzoq muddat ko`chada yashay olmaydi”, deydi Loven.

Ular bolani topishganida, u qorni to`yib ovqatlanmaganidan o`ta ozib ketgan va ayanchli, qarovsiz ahvolda bo`lgan. Yaqinda Loven o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida bolakayning yangi suratni e`lon qildi. Unda ayolning bolaga suv ichirayotgani aks etgan. Suratda bolakayning ancha to`lishib qolganini ko`rish mumkin.

“Bugun butun dunyo Xoup ismli bolakay haqida bilganiga 1 yil to`ldi. Bu hafta Xoup maktabga boradi”,—deb yozdi Loven suratni izohlab.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar