Oliy toifali suxandon, O`zbekiston televideniesi rivojiga katta hissa qo`shgan ijodkor Nasiba Maqsudova insultni boshdan kechirgani haqida avvalroq xabar bergandik.
1948 yilning 12 aprel kuni tavallud topgan Nasiba Murodovna 2017 yilning 8 fevral kuni 69 yoshida vafot etdi. Nasiba Maqsudova og`ir yurak hurujidan yorug` olamni tark etdi.
55 yil umrini televidenie soxasiga bag`ishlagan insonning hamkasblari uni hotirlashicha, Nasiba Maqsudovaning ahvoli insultdan so`ng ancha yaxshilangan va u bir necha oydan so`ng ishga qaytishini, “My5” telekanalida muallifi va boshlovchisi sanalgan “Diydor shirin” dasturining 8 mart sonini ham suratga olishni diliga tukkan.
Mehribon, samimiy, quvnoq inson endi oramizda yo`q!
Darakchi.uz tahririyati ijodkorlari marhumning do`stlari va yaqinlariga sabr tilab, ta`ziya izhor etadi.