AsosiyDunyo
7009

OAVlar 11 sentyabr kungi terakt tashkilotchisining Barak Obamaga yozgan xatini e`lon qildi

'OAVlar 11 sentyabr kungi terakt tashkilotchisining Barak Obamaga yozgan xatini e`lon qildi'ning rasmi

AQShda 2001 yilning 11 sentyabr kuni bo`lgan teraktning asosiy tashkilotchisi hisoblangan Xolid Shayx Muhammadning 18 sahifali xati qisman e`lon qilindi, deb xabar berdi “Ria.ru” nashri.

Xat AQShning sobiq prezidenti Barak Obama nomiga yozilgan. Muhammad o`z xatida teraktda Vashington tashqi siyosati bilan butun dunyodagi aybsiz odamlarning o`limiga 9/11 hisobida o`zi aybdor ekanligini ma`lum qilgan. Muhammad 11 sentyabr voqealarini izohlar ekan, “Urushni biz boshlaganimiz yo`q, uni siz va sizning mamlakatingizdagi diktatorlar boshladi” deb yozgan. Xatda Muhammad Obamaga “ilonning boshi” va “jabr-zulm, istibdod mamlakati prezidenti” deb murojaat qilgan.

Terakt tashkilotchisi yozgan xatning tagiga 2015 yilning yanvar sanasi qo`yilgan. Avvaliga Guantanamo qamoqxonasi xodimlari mazkur xatni yuborishni istamagan, ammo ayblanuvchining advokati Muhammadning prezidentga murojaat qilishga haqqi borligini isbotlab, suddan yordam berishni so`ragan. Oqibatda harbiy sud uning talabini qondirishga majbur bo`lgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar