1

​O`zbekiston Hukumati va Quvaytning arab iqtisodiy taraqqiyot fondi o`rtasida hamkorlik Memorandumi imzonlandi

Jamiyat 09.02.2017, 11:10
Teglar: O`zbekiston, TIV
​O`zbekiston Hukumati va Quvaytning arab iqtisodiy taraqqiyot fondi o`rtasida hamkorlik Memorandumi imzonlandi

8 fevral kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligida Quvaytga rasmiy tashrif bilan kelgan delegasiya Quvayt Davlati Bosh vaziri shayx Jaber al-Mubarak al-Hamad as-Sabah tomonidan qabul qilindi.

TIV rahbari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning eng samimiy tilaklarini Quvayt rahbariyatiga etkazdi, deya xabar beradi TIV matbuot xizmati.

Suhbat chog`ida ikki tomonlama munosabatlarning, avvalo savdo-iqtisodiy, investision sohalardagi aloqalarning holati va ularni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuvda ta`kidlanganidek, O`zbekiston-Quvayt muloqotini faollashtirish jarayoni hamkorlikni sifat jihatdan yangi darajaga ko`tarish va unga uzoq muddatli tus berish uchun haqiqiy imkoniyat ochadi.

Muzokaralarda tomonlarni qiziqtirgan boshqa ikki tomonlama va xalqaro masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Shuningdek shu kuni Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegasiya Al-Quvayt shahrida Quvayt Davlati Milliy majlisi Raisi Marzuq Ali Muhammad al-G`anim bilan uchrashdi.

Muloqot davomida O`zbekiston-Quvayt munosabatlarini chuqurlashtirishning dolzarb masalalari hamda parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi.

Suhbat chog`ida ta`kidlanganidek, Milliy majlisda faoliyat olib borayotgan parlamentlararo “Quvayt-O`zbekiston” do`stlik guruhi ikki mamlakat o`rtasidagi aloqalarni faollashtirishda ko`mak bermoqda.

Uchrashuvda O`zbekiston va Quvayt o`rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga doir boshqa masalalar ham ko`rib chiqildi.

Bundan tashqari Abdulaziz Kamilov Quvayt Davlati Bosh vazirining birinchi o`rinbosari, Tashqi ishlar vaziri shayx Sabah al-Xolid al-Hamad as-Sabah bilan muzokaralar o`tkazdi.

O`zbekiston va Quvayt tashqi ishlar vazirliklari o`rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning birinchi raundi doirasidagi muzokaralarda ikki tomonlama va xalqaro kun tartibdagi bir qator masalalari yuzasidan batafsil fikr almashildi.

Vazirlar O`zbekiston va Quvaytning tashqi siyosat idoralari o`rtasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish, O`zbekiston-Quvayt aloqalarini savdo, investisiya va boshqa sohalarda va istiqbolli yo`nalishlardagi qo`shma loyihalarni amalga oshirishda izchil rivojlantirish yo`llarini ishlab chiqish uchun muntazam ravishda maslahatlashuvlar o`tkazishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.

O`zbekiston tomoni Toshkent shahrida “Ta`lim va ma`rifat – tinchlik va bunyodkorlik yo`li” shiori ostida bo`lib o`tgan Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasida O`zbekiston raisligining ustuvor yo`nalishlarini qo`llab-quvvatlagani uchun Quvayt tomoniga minnatdorchilik bildirdi.

A.Kamilov Quvayt TIV Rahbarini o`ziga qulay vaqtda O`zbekistonga tashrif bilan kelishga taklif qildi.

Uchrashuv yakunlariga ko`ra oliy ta`lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlik to`g`risida Bitim, diplomatik pasport egalarining o`zaro vizasiz safarlari to`g`risida Bitim hamda O`zbekiston Respublikasi Hukumati va Quvaytning arab iqtisodiy taraqqiyot fondi (QAIRF) o`rtasida hamkorlik bo`yicha o`zaro anglashinuv Memorandumi imzonlandi.

Mazkur Memorandum umumiy qiymati 60 mln. AQSh dollari bo`lgan ijtimoiy loyihalarni kelgusi yillarda moliyalashtirishda QAIRFning ishtiroki ko`zda tutadi.

Sharhlar

O`zbekistonda yil oxirigacha 250-300 ming kishi mehnat migrasiyasidan qaytishi prognoz qilinyapti

10.05.2024, 15:14

Yig`ilishda kun tartibidagi ikkinchi masala – barcha joylarda “Sayxunobod” tajribasini jadallashtirish muhokama qilindi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Bu borada boshlangan ishlar natijasida aprel...
O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi

06.05.2024, 13:48

O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi. O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi. Mart...
O`zbekiston Eronni mag`lub etib, Osiyo kubogiga yo`llanmani qo`lga kiritdi (video)

13.09.2023, 11:02

Osiyo kubogi uchun saralash o`yinlari yakunlandi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri. Ma`lum bo`lishicha, so`nggi 6 o`yinda raqiblari darvozasiga 25 ta gol kiritib, 3 ta gol  o`tkazib...
⚡️Qirg`iziston va O`zbekiston hamkorlikda ishlab chiqaradigan avtomobillarning narxlari e`lon qilindi

24.01.2023, 10:47

Avval xabar qilganimizdek, O`zbekiston va Qirg`iziston hamkorlikda 19 turdagi engil avtomobillar, jumladan mikroavtobus, pikap, sedan va boshqalarni ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Qirg`izistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar narxi 13...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1