1

​Qalblarga iliqlik baxsh etuvchi xayr-saxovat

Dunyo 09.02.2017, 11:48
Teglar: Kasallik
​Qalblarga iliqlik baxsh etuvchi xayr-saxovat

Urushlarga, turli tabiiy ofatlarga, falokatlarga to`lib-toshgan olamda ezgulik uchun ham joy topiladi. Xayrli ishlar amalga oshirilar ekan, Ona sayyoramiz eng go`zal maskan bo`lib qolaveradi. Har qanday sharoitda ham ezgulik yovuzlikni engadi. Quyida butun dunyo miqyosida savob ishlarni amalga oshirgan odamlar to`g`risidagi voqealarni to`pladik. Bu insonlar boshqalarga yordam berish uchun ba`zi bir belgilangan qonun-qoidalarni ham buzishga majbur bo`lgan. Balki ularni o`qib, shu ham yaxshilik bo`pti-yu, degan xayolga borishingiz mumkin, ammo xayr-saxovatning, ezgulikning katta-kichigi bo`lmaydi.

Autizm kasalligiga chalingan bola qirolichadan ham ko`proq tabriknoma oldi


Autizm xastaligidan aziyat chekuvchi Olli Jons tug`ilgan kunida o`ziga o`zi ikkita tabrik xati (otkritka) tayyorladi. U o`zini boshqalar ham tabriklashi mumkinligini xayoliga keltirmagan edi. Farzandining o`ziga o`zi tabrik xati tayyorlayotganini ko`rgan onasining unga rahmi keladi va Facebook foydalanuvchilaridan o`g`lini tug`ilgan kuni bilan qutlashni iltimos qiladi. Ayolning iltimosiga bee`tibor bo`lmagan odamlar bolani tabrik xatlariga ko`mib tashlashadi. Umumiy hisobda, butun dunyodan 20 000 kishi uni tug`ilgan kuni bilan tabriklaydi.


Minnatdorchilik sifatida vrachlarga qahva sotib oladigan erkak


Bu odamning ismi Den. U haftaning chorshanba va payshanba kunlari otasi davolangan saratonga qarshi kurashish markazi xodimlariga ulashish uchun qahva sotib oladi.


Polisiyachilar ko`zi ojiz bolani o`zlari bilan patrulga olib chiqishdi


Keyj Xenkok-Stivens polisiyachi bo`lishni orzu qilardi, ammo ko`zi ojiz bo`lgani uchun bu niyati armonga aylandi. Uning ezgu niyatidan xabar topgan polisiyachilar Keyjni xursand qilish maqsadida o`zlari bilan birga patrulga olib chiqishdi.


Hammaga tekin kamalak tarqatuvchi qizcha


Boshqa bolalardan deyarli farqi bo`lmagan bu kichkina qizaloq o`zining shaxsiy savdo do`konini ochdi. Mazkur do`konda faqatgina bittagina narsa — kamalak bor, qizcha kamalaklarini tekinga tarqatadi.


Bug`u bolasini qutqargan bangladeshlik bola


Bu bolakayning ismi Bilol bo`lib, u haqiqiy qahramondir. Suv toshqini natijasida cho`kayotgan bug`u bolasini ko`rgan Bilol o`ylanib o`tirmay, hayotini xavf ostiga qo`yib, o`zini suvga otdi. Hammasi yaxshilik bilan yakun topdi, bug`u bolasi onasining oldiga qaytdi, Bilol esa mahalliy qahramonga aylandi.


Restoran ishchisi qariyani yomg`irdan pana qildi


Restorandan chiqqan qariya mashinasi tomon yo`l oldi. Sharros quyib yotgan yomg`ir tagida qariyaning ivib ketishi mumkinligini ko`rgan restoran xodimi uni soyabon bilan to`sdi. Albatta, uning yonida haqiqiy soyabon bo`lmaganligi bois, stol ustida turgan ulkan soyabonni echib olishga majbur bo`ldi. Balki shunisi ma`quldir?..


Onasi kasalxonaga yotqizilgan bolalarga ovqat tayyorlab bergan polisiyachilar


Qonida qand miqdori oshib ketgan, besh farzandning onasi bo`lgan ayol kasalxonaga olib ketildi. Shoshilinch xizmatning qo`ng`irog`idan keyin etib kelgan polisiyachilar bolalarni yolg`iz qoldirishmadi. Ular uchun kechki ovqat tayyorlab, hattoki idish-tovoqlarni ham yuvib qo`yishdi.


Bu erkak bozorda sotilayotgan toshbaqalarni sotib oladi va qaytadan dengizga qo`yib yuboradi



Toshbaqalarni qutqargan bola


To`rt yoshli bolakay oqava suvlar zovuriga tushib qolgan uchta toshbaqani ko`rib qoldi. U ota-onasi bilan birgalikda qutqaruv xizmatini chaqirdi. Qutqaruvchilar toshbaqalarni zovurdan olib chiqqunlariga qadar bola ketishni istamadi. Toshbaqalar yaqin o`rtadagi veterinar klinikaga joylashtirildi. Yaqin kunlarda ular ozodlikka qo`yib yuboriladi.


Koalaga onalik qilgan ayol


Avstraliyaning Brisben shahri yaqinidan kichkina koala bolasi topildi. Bunday kichkina koalalar onasidan ayrilsa, ayriliqni ko`tara olmaydi, depressiyaga tushib qoladi. Ammo Juliya Zayznevski koala bolasi uchun ona vazifasini o`tadi. Hozirda koala ancha ulg`ayib qolgan, tutingan onasining uyida o`zini juda erkin his etadi.


Daun sindromiga chalingan bolani qo`llab-quvvatlagan baykerlar


Daun kasalligidan aziyat chekuvchi bu bolaning ismi-sharifi Shon Mererdir. Uning ota-onasi farzandi maktabga borsa, bolalar ustidan kulishidan xavotirga tushib, birinchi sentyabr arafasida Facebook foydalanuvchilaridan yordam so`radi. Uning iltimosiga bir paytning o`zida bir qancha baykerlar javob berdi. Birinchi sentyabr kuni o`nga yaqin baykerlar Mererlarning xonadoniga borib, Shonni bilimlar kuni bilan tabriklashdi va unga atab maxsus tayyorlangan shlemni sovg`a qilishdi. Ortida shunday himoyachilari bo`lgan Shonni birorta bola xafa qilishga jur`at etolmadi.


Oyog`i gipslangan og`maxon (xomyak)


Rossiyaning Petrozavodsk shahridagi veterinarlik markazi vrachi Mariya Firsova cho`loqlanib yurgan og`maxonning oyog`iga gips qo`ydi.


Polshalik sportchi bemor bolaning hayotini saqlab qolish uchun medalini sotdi


Rio-de-Janeyroda o`tkazilgan olimpiadada disk otish sporti bo`yicha kumush medalni qo`lga kiritgan polshalik Pyotr Malaxovskiy uch yoshli Olek ismli bolaga yordam berish maqsadida kumush medalini sotish uchun auksionga qo`ydi. Olek ko`z to`r pardasidagi xavfli o`sma – retinoblastoma kasalligidan davolanar edi. Sportchining medalini polshalik milliarderlar Dominik va Sebastyan Kulchiklar 126 ming dollarga sotib oldi.


Lotereyada yutgan pullarini muhtojlarga tarqatgan er-xotin


Kanadalik Vayolet va Allen Larjlar lotereya o`ynab, 11 million dollar pul yutug`iga ega bo`lishdi. Er-xotin bu pullarni o`zlarining ehtiyoji uchun ishlatmay, muhtojlarga tarqatishga qaror qilishdi. Ular 11 million dollarni Vayolet kimyoterapiya kursini qabul qilgan kasalxonaning onkologiya bo`limiga, o`t o`chirish xizmatiga, Qizil Xoch jamiyatiga, Qutqaruv Armiyasiga, Alsgeymer va qandli diabet kasalligiga chalingan bemorlarga taqsimlab berishdi.

Adme.ru nashri.

Sharhlar

​Liviyalik erkak hamma yuz o`girgan, bedavo dardga chalingan 80 nafar bolani asrab oldi

12.07.2017, 12:30

Kaliforniyada yashovchi 62 yoshli liviyalik Muhammad Bzik 20 yil mobaynida bedavo dardga chalingan 80 nafar bolani boqib oldi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.Muhammadning so`zlariga qaraganda,...
​YaXShILIK QILSANG, SUVGA AYT, BALIQ BILAR, BALIQ BILMASA, XOLIQ BILAR.

10.07.2017, 10:41

Tisha Bosheminning katta va ahil oilaning bekasi edi. Sevimli turmush o`rtoq, shirindan-shakar besh farzand – baxt uchun yana ne kerak? Ayol o`zining hayoti tubdan o`zgarib...
​O`LIMI BAShORAT QILINGAN, AMMO HAMON TIRIK BO`LGAN DUNYoNING ENG PAKANA QIZI (VIDEO)

08.07.2017, 10:28

Qizaloq Sharlotta Gersayd dunyoga kelganda shifokorlar dahshatga tushgan edi, deb yozadi Pozitivno.me nashri. Ular mehnat tajribasi davomida ilk marotaba bunday qizaloqni uchratishdi. Qizcha pakanalikning eng...
​Ruhiy kasallikka chalingan fransuz Makronni otmoqchi bo`ldi

03.07.2017, 16:25

Ruhiy kasallikka chalingan erkak Fransiya prezidenti Emmanuel Makronni o`ldirishni rejalashtirdi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.Bastiliya olingan kunni nishonlash tadbirida Fransiya prezidenti Emmanuel Makronni o`ldirishni rejalashtirgan,...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1