Gulsanam Mamazoitova o`zining O`zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaga taqlid qilishi haqidagi gap-so`zlarga munosabat bildirdi.
“Farg`onada ayollar, ahamiyat bersnagiz, Mukarrama Turg`unboeva, Tamaraxonimlar boshiga bekorga erkaklarni do`ppisini kiyib qo`shiq aytishmagan. Sababi ularda erkaklarga xos shaddodlik bor. Shu narsa saqlanib qolgan bizda. Bu avloddan avlodga o`tadi. Bu narsaga ko`z yumib bo`lmaydi. Laparchilik rivojlangan bizda. O`ynab qo`shiq aytish. Ustozlarni hammasini hurmat qilamiz. O`xshatishsa, men bundan xursand bo`laman. Yo`llarini bersin”, —deydi Gulsanam Mamazoitova bunday gap-so`zlarga javoban.
“Sir bo`lmasa, Yulduz Usmonova bilan uchrashib, dildan suhbatlashganmisiz?” degan savolga Gulsanam Mamazoitova quyidagicha javob berdi:
“Yulduz Umonova bilan hech qachon gaplashmaganmiz. Balki endi gaplasharmiz”.