Amerikalik pop yulduz Madonna Malavida yashovchi egizak qizlarni asrab oldi, deb xabar berdi “Ntv.ru” nashri.
Xonanda ilgari ham Sharqiy Afrika respublikalaridan bo`lgan ikki nafar bolani ham asrab olgan edi. Madonna o`zining Instragram sahifasida oila a`zolarining soni yana ikkitaga ko`payganini ma`lum qildi va asrab olgan egizak qizlarining fotosuratlarini joylashtirdi.
“Malavilik egizak qizlarni asrab olishdagi hujjatlarni rasmiylashtirish jarayoni yakuniga etganini rasman tasdiqlayman. Bu qizaloqlar oila a`zolarimga aylanganidan judayam baxtliman”, dedi Madonna.
Xonanda mazkur jarayonda unga yordam bergan barchaga minnatdorchilik bildirdi va jurnalistlardan egizak qizlarning ortiqcha stressiz oilaga moslashishi uchun o`zi va farzandlarining shaxsiy hayotini hech bo`lmaganda ma`lum muddat hurmat qilishlarini, tinch qo`yishlarini iltimos qildi.
Amerikalik xonandaning o`g`li va qizi bor. U 2006 yilda malavilik o`g`il bolani va 2009 yilda yana bir qizaloqni ham asrab olgan edi.