AsosiyDunyo
6362

​Korridoda buqalar tomoshabinlarga hujum qildi (Video)

'​Korridoda buqalar tomoshabinlarga hujum qildi (Video)'ning rasmi

Meksikaning Enkarnason-de-Dia shahrida o`tkazilayotgan korridoda favqulodda hodisa yuz berdi, deb xabar qildi “Tvzvezda.ru” nashri.

Korrido paytida ikki nafar buqa nazoratni yo`qotib toreadorlar va tomoshabinlarga hujum qildi. Mazkur voqea aks etgan videorolik ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirildi.

Videoda korrido tashkilotchilari o`ylaganchalik buqalar yuvosh emasligi, ularning tajovuzkorligi yaqqol ko`rinib turibdi. Kadrda buqalardan birining maydon ortiga o`tib, tomoshabinlarga hujum qilganini, ikkinchisi esa maydon o`rtasiga yiqilgan tomoshabinni shoxlari bilan qum ustiga irg`itganini ko`rish mumkin.

Nashrning xabar berishicha, buqalar hujumidan o`ndan ortiq tomoshabinlar va toreadorlar tan jarohati oldi. Aksariyat odamlarning oyoq-qo`llari yirtildi. Baxtli tasodif tufayli hujumdan hech kim halok bo`lmadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar