AsosiyDunyo
5536

​AQShga viza olish uchun sayyohlardan ijtimoiy tarmoqlardagi sahifa paroli talab qilinadi

'​AQShga viza olish uchun sayyohlardan ijtimoiy tarmoqlardagi sahifa paroli talab qilinadi'ning rasmi

AQSh hukumati sayyohlardan ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari parollarini so`rashni rejalashtirmoqda, deb yozadi “Vesti”.

AQSh ichki xavfsizlik vaziri Jon Kellining ma`lum qilishicha, AQShning boshqa davlatlardagi elchilari mamlakatga kirish vizasini olish uchun hujjat topshirgan chet el fuqarolarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari parollarini so`rashga ko`rsatma berilgan.

“Agar ular AQShga kelishni istasa, biz bilan hamkorlik qilishga rozi bo`lishadi”,—deydi Kelli.

Vazirning so`zlariga ko`ra, u viza olishda ana shunday qat`iy tartib o`rnatilishini yoqlaydi.

Kelli yangi tartib birinchi navbatda prezident Tramp AQShga kirishni taqiqlagan musulmon davlatlari fuqarolariga nisbatan joriy etiladi.

“Biz AQShga viza olish borasida bir nechta yangi tartiblarni joriy qilish tarafdorimiz. Balki, bizga faqat sizning pasportingiz emas, balki siz kirib turadigan saytlaringiz haqidagi ma`lumotlarni olish uchun sizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaringiz parollari ham talab qilinadi”,—deydi Jon Kelli.

AQSh ichki xavfsizlik vaziri viza olish tartibiga yangi chora-tadbirlar qachondan boshlab kiritilishiga aniqlik kiritmagan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar