1

​O`zbekistonda o`g`irlik va firibgarlik bilan bog`liq jinoyatlarning har beshtadan bittasi fosh etilmayapti

Jamiyat 10.02.2017, 10:41
Teglar: O`zbekiston, Jinoyat
​O`zbekistonda o`g`irlik va firibgarlik bilan bog`liq jinoyatlarning har beshtadan bittasi fosh etilmayapti

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev ichki ishlar organlari xodimlari bilan o`tkazilgan videoselektor yig`ilishida ularning faoliyati odamlar e`tiroziga sabab bo`layotganligini qayd etdi.

“Ichki ishlar organlari shunday ishlashi kerakki, toki xalq davlatdan rozi bo`lsin. Lekin ayrim joylarda ularning faoliyati odamlar e`tiroziga sabab bo`lmoqda. Ayniqsa mol-mulkka jinoiy tajovuz kabi salbiy holatlarga to`liq chek qo`yilmagan. Qasddan tan jarohati etkazish, firibgarlik, yo`l-transport hodisalari kamaymagan”, dedi Prezident.

Shavkat Mirziyoev jinoyatlarni ochish borasida ham qator kamchiliklar mavjudligini ta`kidladi. Xususan, o`g`irlik va firibgarlik bilan bog`liq jinoyatlarning har beshtadan bittasi fosh etilmagan.

Jinoyat-qidiruv faoliyatida jiddiy nuqsonlar uchramoqda, ayrim joylarda huquqni muhofaza qilish idoralari o`rtasidagi hamkorlik talab darajasida emas. Qidiruvda yurgan aksariyat shaxslarning qo`lga olinmayotgani ularga jinoiy qilmishlarini davom ettirishga imkon beradi va bu g`oyat tashvishli holdir.

Prezidentimiz ta`kidlaganidek, ichki ishlar organlari faoliyatiga baho berishda jinoiy ishlarni odilona va sifatli tergov qilish, shaxsning jinoiy qilmishiga munosib, adolatli huquqiy baho berish muhim o`rin tutadi. Lekin tergov idoralari ixtiyorida qisqa muddatda tezkor qonuniy qarorlar qabul qilish imkoniyati mavjud ekaniga qaramay, qo`shimcha surishtiruv yoki tergov harakatlari talab etilmaydigan materiallar bo`yicha asossiz ravishda muddatni uzaytirish, cho`zish, fuqarolarni sarson qilish kabi salbiy amaliyot hamon uchramoqda.

Sharhlar

O`zbekistonda yil oxirigacha 250-300 ming kishi mehnat migrasiyasidan qaytishi prognoz qilinyapti

10.05.2024, 15:14

Yig`ilishda kun tartibidagi ikkinchi masala – barcha joylarda “Sayxunobod” tajribasini jadallashtirish muhokama qilindi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Bu borada boshlangan ishlar natijasida aprel...
O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi

06.05.2024, 13:48

O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi. O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi. Mart...
O`zbekiston Eronni mag`lub etib, Osiyo kubogiga yo`llanmani qo`lga kiritdi (video)

13.09.2023, 11:02

Osiyo kubogi uchun saralash o`yinlari yakunlandi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri. Ma`lum bo`lishicha, so`nggi 6 o`yinda raqiblari darvozasiga 25 ta gol kiritib, 3 ta gol  o`tkazib...
⚡️Qirg`iziston va O`zbekiston hamkorlikda ishlab chiqaradigan avtomobillarning narxlari e`lon qilindi

24.01.2023, 10:47

Avval xabar qilganimizdek, O`zbekiston va Qirg`iziston hamkorlikda 19 turdagi engil avtomobillar, jumladan mikroavtobus, pikap, sedan va boshqalarni ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Qirg`izistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar narxi 13...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1