AsosiyDunyo
4116

​AQShda yashovchi eng keksa ayol 117 yoshda vafot etdi

'​AQShda yashovchi eng keksa ayol 117 yoshda vafot etdi'ning rasmi

AQShning eng keksa fuqarosi Adel Danlap 114 yoshda vafot etdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Ma`lumotlarga ko`ra, Danlap Flemington shahri yaqinidagi shifoxonada hayotdan ko`z yumdi.

Danlap bundan bir necha oy avval mamlakatda istiqomat qiluvchi eng keksa ayol sifatida qayd etilgan edi.

2016 yilning iyul oyida 113 yoshli Goldi Mikelson hayotdan ko`z yumganidan so`ng Danlap mamalkatning eng keksa ayol fuqarosi bo`lgan edi.

Endilikda AQShning eng keksa ayol fuqarosi sifatida 113 yoshli Delfin Gibson aytilmoqda.

Danlap 1902 yilning 12 dekabrida Nyu-Jersi shtatida dunyoga kelgan. Uning bolaligi ikki Jahon urushi davriga to`g`ri keldi. U yashagan davrda 20 marta prezident almashdi. Adel har doim o`zining uzoq umr ko`rish sababini bilmasligini aytar edi.

Turmushga chiqquniga qadar u maktabda dars bergan. Keyin esa umrini oilasiga bag`ishlagan va uch nafar farzandni o`stirgan. Danlap turmush o`rtog`idan 54 yil ko`proq yashadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar