AsosiyDunyo
3583

​Nyu-Yorkda shiddatli qor po`rtanasi avjiga chiqdi

'​Nyu-Yorkda shiddatli qor po`rtanasi avjiga chiqdi'ning rasmi

AQShning Nyu-York shahrida quturgan qor po`rtanasi oqibatida bir kishi halok bo`ldi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru”nashri.

Bu haqda shtat gubernatori Endryu Kumo xabar berdi. Uning ma`lumot berishicha, Manxetten tumanidagi aholi yashaydigan uylardan birining tomidagi qorni kurayotgan konserj Migel Gonsales po`rtana oqibatida tomdan qulab, halok bo`lgan. 59 yoshli Gonsales ko`p kvartirali uyning tomini qordan tozalayotganda sirg`anib ketgan va pastga, shisha panelga kelib urilgan. Uni shishali panel bosib qolgan. Migel Gonsales shifoxonaga olib kelinganiga qaramay, uning hayotini saqlab qolishning iloji bo`lmadi.

Nyu-Jersi, Konnektikut va Massachesets shtatlarida ham kuchli qor yog`di. Mazkur hududlar uchun anomal bo`lgan havo harorati tufayli shahar maktablari yopildi va uch mingdan ortiq aviareyslar bekor qilindi. Nyu-Yorkning yirik Jon Kennedi nomli aeroporti esa barcha parvozlarni to`xtatdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar