AsosiyDunyo
5942

​Tramp Eron prezidentiga “ehtiyot bo`lishni” maslahat berdi

'​Tramp Eron prezidentiga “ehtiyot bo`lishni” maslahat berdi'ning rasmi

AQSh prezidenti Donald Tramp Eron prezidenti Hasan Rouxaniyga “ehtiyot bo`lishni” maslahat berdi, deb xabar berdi “Ria.ru” nashri.

Jurnalistning Eron prezidenti Hasan Rouxaniyning “Eronga tahdid qilgan har qanday davlat keyinchalik o`zining bu harakatidan afsuslanadi” degan gapiga Trampning qanday fikr bildirishi haqida bergan savoliga AQSh prezidenti “Yaxshisi, uning o`zi ehtiyot bo`lsin”, deb javob berdi. Tramp ma`muriyati ish boshlagandan beri AQSh va Eron o`rtasidagi munosabatlar keskinlashdi. Donald Tramp Barak Obamadan farqli ravishda Eronga “yaxshi” munosabatda bo`lmasligini tan oldi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar