Xitoyning Xunan viloyatidagi ko`mir shaxtalaridan birining portlashi oqibatida 8 nafar konchi halok bo`ldi, deb xabar berdi “Ria.ru” nashri.
Voqea kechasi yuz berdi. Portlash paytida konda 29 nafar konchi bo`lgan, ulardan 18 nafari yuqoriga chiqishga muvaffaq bo`lgan, bir nafari yaralangan. Qidiruv-qutqaruv tadbiri davomida 8 nafar konchining jasadi topildi, 3 nafar konchining taqdiri noma`lumligicha qolmoqda. Qidiruv ishlari davom etmoqda. Portlash sabablarini aniqlash bo`yicha tergov ishlari olib borilmoqda. Xitoy konchilik sanoati dunyodagi eng xavfli sanoat bo`lib qolmoqda, chunki shaxtalarda yiliga minglab konchilar halok bo`lmoqda. Xitoy hukumati xavfsizlik choralarini kuchaytirish ishlarini olib bormoqda. 2015 yilning mart oyida Xitoy hukumati mehnat xavfsizligini ta`minlash maqsadida besh mingta shaxtani yopishini ma`lum qilgan edi.






