AsosiyDunyo
3922

​Qirg`izistonda qor ko`chkisi tagida qolgan avtomobil yo`lovchilari qutqarildi

'​Qirg`izistonda qor ko`chkisi tagida qolgan avtomobil yo`lovchilari qutqarildi'ning rasmi

Qirg`iston respublikasi FVV va milisiya xodimlari O`sh viloyatining Cho`n-Alay tumanidagi yo`llardan birida qor ko`chkisining tagida qolgan ikki avtomobildagi 7 nafar yo`lovchini “asirlik”dan qutqardi, deb xabar berdi “Ria.ru” nashri.

Qor ko`chkisi uch ming kubometr hajmga ega bo`lib, Daroot-Qo`rg`on – Chak- Jashtilek yo`lining transport vositasi qatnaydigan qismini bosgan. Daewoo Matiz va "Niva" avtomashinalari 7 nafar yo`lovchisi bilan qor ko`chkisi tagida qolgan. “Qutqaruv ishlari ikki soat davom etdi, barcha yo`lovchilar qutqarildi”, deb xabar berdi FVV matbuot xizmati.

Qirg`izistonning O`sh, Jalol-Obod viloyatlarining tog`li hududlarida qorning qalinligi 1,5 metrni tashkil etadi. Bu huddudlarda qor ko`chkisi xavfi kuchaymoqda. Qirg`iston respublikasi FVV vazirligi rahbari Qubatbek Boronov yig`ilish o`tkazib, xodimlarga “Biror favqulodda holat ro`y berganda tezkorlik bilan harakat qilish” vazifasini yukladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar