1

O`zbekistonlik referi OChL o`yinida ishlaydi

Sport 14.02.2017, 14:15
Teglar: Futbol
O`zbekistonlik referi OChL o`yinida ishlaydi

O`zbekistonlik FIFA referisi Sherzod Qosimov Osiyo Chempionlar Ligasi–2017 turniri “D” guruhi 2-turidan o`rin olgan “Al-Hilol” (Saudiya Arabistoni) – “Al-Rayyan” (Qatar) uchrashuvida zaxira hakami vazifasini bajaradi. Bu haqda O`FF xabar bermoqda.

O`yinga bosh hakam etib avstraliyalik Bet Kristofer Jeyms tayinlandi. Unga qanotlarda hamyurtlari Mettyu Jeyms Krim va Pol Adam Ketranolo yordam beradi.

Uchrashuv komissari vazifasi filippinlik Richard Del Fonso Josonga yuklatildi. Hakamlar nazoratchisi sifatida bahraynlik Abdulrahmon Abdulxoliq Abdulrahim Aldelavar ishlaydi.

“Al-Hilol” va “Al-Rayyan” o`rtasidagi bellashuv 28 fevral kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida o`tkaziladi.

Avvalroq Sherzod Qosimov OFK Kubogi–2017 turniri “A” guruhi 1-turidan o`rin olgan “Al-Jaish” (Suriya) – “Al-Ahli” (Iordaniya) o`yiniga bosh hakam etib tayinlangani haqida xabar berilgandi.

Sharhlar

Tarixda ilk bor 48 ta jamoa ishtirok etadi. Futbol bo`yicha 2026 yilgi jahon chempionati formati tasdiqlanmoqda

15.03.2023, 11:00

FIFA navbatdagi jahon chempionati formati borasida qaror qabul qildi va uni tasdiqlashga yaqin turibdi, deya yozdi "zamon.uz".Bu 48 ta jamoa ishtirok etadigan birinchi jahon chempionati...
Italiya futboli yulduzlari Toshkentga keladi

07.05.2022, 09:03

Xabaringiz bor 17-18 may kunlari Toshkentda Italiya va O`zbekiston futboli afsonalari uchrashuvi o`tkazilishi rejalashtirilgan. O`zbek futbolining 110 yilligiga bag`ishlab o`tkazilayotgan ushbu o`yinda uzoq yillar davomida...
“Lokomotiv” bosh murabbiyi Sekeyra: “Bu tizim bilan O`zbekiston MTJ hech qachon jahon chempionatiga bormaydi”

23.10.2021, 22:16

Superliganing 23-turidan o`rin olgan "Qo`qon-1912" - "Lokomotiv" (2:1) uchrashuvidan so`ng mehmonlar bosh murabbiyi Mikael Sekeyra fikrlarini bildirib o`tdi.Portugaliyalik mutaxassis o`yindan keyin o`zbek futbolidagi tizimni keskin...
“Qayrat” jamoasi a`zolari joy olgan samolyot halokatga uchradi

22.10.2021, 14:47

Bortida Olmaotaning “Qayrat” klubi futbolchilari va murabbiylar shtabi bo`lgan samolyot halokatga uchradi. Bu haqda Vesti.kz xabar bermoqda.Qayd etilishicha, baxtsiz hodisa Olmaota xalqaro aeroportida ro`y bergan. FlyJet...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1