1

O`zbekiston OFKga a`zo futbol federasiyalari reytingida 9-o`rinni saqlab qoldi

Sport 14.02.2017, 20:28
O`zbekiston OFKga a`zo futbol federasiyalari reytingida 9-o`rinni saqlab qoldi

Osiyo futbol konfederasiyasi (OFK) tashkilotga a`zo mamlakatlar federasiyalarining yangi texnik reytingini e`lon qildi, deya xabar bermoqda O`FF matbuot xizmati.

Unga ko`ra, O`zbekiston 45,524 ochko bilan 9-o`rinni saqlab qoldi hamda “G`arb” mintaqasi zonasidagi assosiasiyalar orasida 5-pog`onaga joylashdi.

OFK reytingida BAA (96,566 ochko) peshqadamlik qilayotgan bo`lsa, ikkinchi va uchinchi o`rinlarni mos ravishda Janubiy Koreya (89,238) va Qatar (78,842) egallagan.


Qayd etish joiz, OFK tomonidan kiritilgan o`zgarishlarga ko`ra, yangi texnik reyting FIFA reytingidagi ballarning 10 foizi, tegishli assosiasiyalar klublarining OChL va OFK Kubogi xalqaro musobaqalarida jamg`argan ballarining 90 foizidan tashkil topgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1