AsosiyShou-biznes

​Farhod Maxmudov: “Baron”ni Shavkat Mirziyoev tomosha qilganini eshitib, g`ururga to`ldim

'​Farhod Maxmudov: “Baron”ni Shavkat Mirziyoev tomosha qilganini eshitib, g`ururga to`ldim'ning rasmi

“E`tirof-2016” taqdirlash marosimida “Chet mamlakatlardagi eng yaxshi film aktyori”

Nominasiyasi g`olibi deb topilgan aktyor Farhod Maxmudov o`zining ayni paytdagi kechinmalari va hissiyotlari bilan o`rtoqlashdi:

—Men bundan 28 yil avval Rossiyaga o`qishga ketganman. Rustam Sa`diev “Baron”da suratga tushish taklifi bilan menga qo`ng`iroq qildi. Go`shakni qo`yib, ancha paytgacha qotib turdim. Shunda o`g`lim mendan nima bo`lganini so`radi. Men unga bu qo`ng`iroqni 28 yil kutganimni aytdim. Bu mo`jiza edi. Filmimizni Shavkat Mirziyoev tomosha qilganini eshitganimda o`zgacha g`ururga to`ldim. Aytgancha, u inson o`sha paytda O`zbekiston bosh vaziri edi. Hozir esa O`zbekiston prezidenti. Ishonchim komil, Bunday Prezident bilan O`zbekiston madaniyati kelgusida yanada rivojlanadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar