Yaponiyadagi kredit kompaniyalaridan birining xizmatchi hamkasblariga qarata o`t ochdi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.
Voqea Kamisu shahridagi kredit kompaniyasining ofisda sodir bo`ldi. Otishma oqibatida bir kishi halok bo`ldi, yana bir kishi yaralandi. Hujum uyushtirgan xodim avtomobilda qochib ketishga muvaffaq bo`ldi. Hozirda polisiya jinoyatchini qo`lga olish ishlari bilan shug`ullanmoqda. Yaponiya qonunlariga asosan o`q otish qurolini sotib olish va saqlash og`ir jinoyat hisoblanadi.






