Temiryo`lda ishlovchi kelin-kuyovlar nikohlarini rasman qayd etgan bo`lishsa-da, ish bilan band bo`lganliklari tufayli to`y qilishga vaqtlari bo`lmay, olti oy vaqt o`tib ketdi, deb xabar berdi “Tjournal.ru” nashri.
14 fevral kuni Xitoyning janubi-sharqiy qismida joylashgan Szyansi viloyatida temiryo`l kompaniyasida ishlovchi xodimlarning nikoh to`yi bo`lib o`tdi. Chjen Xuan va Chen Denlar nikoh qayd etilgani haqidagi guvohnomani avgust oyida qo`lga olgan bo`lishsa-da, ish bilan band bo`lganliklari tufayli to`yni qoldirishga majbur bo`lishgan edi.
Hamkasblarining tabrigidan keyin baxtiyor juftlik fotossesiyani vagonlar va relslar oldida o`tkazishdi. Yoshlar jurnalistlarga bergan intervyusida bu joylar ularning hayotida muhim o`rin tutishini ma`lum qilishdi. Kunning ikkinchi yarmida esa ular yana o`z xizmatlarini davom ettirish uchun ish joylariga qaytishdi.



