Kecha tunda minglab odamlar Parij ko`chalariga chiqishdi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.
Polisiyaga qarshi o`tkazilgan norozilik namoyishida olomon tomonidan do`kon vitrinalari sindirildi, avtomobillar ag`darildi va polisiyachilar toshbo`ron qilindi. Polisiyachilar maxsus xizmat xodimlarini yordamga chaqirishga majbur bo`lishdi. Namoyishchilarga qarshi ko`zdan yosh oqizuvchi gaz sepgan polisiyachilar kuchlar teng emasligini ko`rib, qochib qutilishdi.
Polisiyachilar janjal-to`polonda ishtirok etgan o`nlab odamlarni qo`lga olishdi. Mazkur namoyish oqibatida yo`ldan o`tib ketayotgan bir nechta yo`lovchi jabrlandi. Polisiyachilarning qora tanli muhojirni kaltaklab, unga nisbatan kuch ishlatgani norozilik namoyishi o`tkazilishiga sabab bo`ldi. Hozirda jabrlangan qora tanli muhojir kasalxonada yotibdi, u shifoxonadan turib, odamlardan namoyishni to`xtatishni iltimos qilmoqda.






