Britaniyaning Daily Mail nashri ilgari hech kimga ma`lum bo`lmagan Merilin Monroning fotosuratlarini chop etdi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.
Suratlarda aktrisaning filmdagi partnyori bo`lgan Iv Montandan homiladorlik payti aks etgan. Fotosurat 1960 yilda Nyu-Yorkda Monroning yaqin dugonasi bo`lgan Frida Xall tomonidan suratga olingan. Merilin Monro vafot etgandan keyin unga tegishli barcha fotosuratlar Gollivudda o`tkazilgan auksionda Toni Maykls tomonidan 2240 dollarga sotib olingan edi. Mayklsning aytishicha, Monro farzandini yo`qotishdan qo`rqib, homiladorligini yashirgan. Aktrisa endometriozdan aziyat chekkanligi tufayli to`rt marotaba homilasi tushib qolgan va u farzand ko`ra olmagan. Mazkur suratda uning to`rtinchi marotaba homiladorligini ko`rish mumkin.