Xitoyning sharqiy qismida joylashgan Chjenszyan viloyatining Ninxay tumanida yashovchi 94 yoshli keksa ayol Xitoy jang san`atini mukammal darajada biladi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.
Mahalliy aholi uni “kung-fu buvi”, deb ataydi.
“Kung-fu buvi”ning ismi Chjan Xeksian bo`lib, u to`rt yoshidan boshlab jang san`ati bilan shug`ullangan. Keksa ayol har kuni ertalab tongni kung-fu mashqlari bilan boshlaydi.
“Onam juda erta uyg`onadi va har kuni jismoniy mashqlar bilan shug`ullanadi. Mashq qilib bo`lgach, piyoda qishloqni aylanadi. Onam yoshligida qishloq aholisini bezori va bosqinchilardan himoya qilgan. Uning uzoq umr ko`rishiga atrofdagi odamlarga beminnat yordam berishi sababchidir”, deydi uning o`g`li Fen Chuanin.






