“Barselona” jamoasi etakchilari “PSJ”ga qarshi EChL nimchorak final dastlabki o`yinidan keyin uchrashdi. Kataloniyaliklar 0:4 hisobidagi yirik mag`lubiyatni qabul qilib olgandi.
Mundo Deportivo nashrining xabar berishicha, futbolchilar klub bosh murabbiyi Luis Enrikening ba`zi qarorlaridan norozi bo`ldi. Futbolchilarga murabbiyning taktik g`oyalari va o`yinchilarni almashtirish qarorlari yoqmadi.
Eslatib o`tamiz, “Barselona” va “PSJ” o`rtasidagi javob uchrashuvi 8 mart kuni “Kamp Nou” stadionida bo`lib o`tadi.






