Avstraliyaning Kobram shahridagi North Vic Engines avtomobil ehtiyot qismlarini sotuvchi do`kon xodimlari elkasi qizil o`rgimchak va jigarrang to`rli ilonning jangini videoga oldi, deb xabar berdi “Tjournal.ru” nashri.
Ilonni to`ri bilan o`rab olgan o`rgimchak, uning orqasidan chaqib o`ldirdi. “Bugun do`konimizga kichkina ilon tashrif buyurdi. Uni elkasi qizil o`rgimchagimiz bizni qutqarish maqsadida chaqib o`ldirdi!” deb yozdi do`kon xodimlari. Mazkur o`rgimchakning zahri juda kuchli bo`lib, odamni ham o`ldiradi.