Toshkent viloyati Olmaliq shahar ichki ishlar bo`limiga 1970 yilda tug`ilgan fuqaro murojaat qilib, uch noma`lum shaxs Oydin dahasi hududida o`g`li - Akademik liseyning 2-sinf o`quvchisini kuch ishlatish yo`li bilan qo`rqitib, uning qo`lidan “iPhone” va “Samsung” mobil telefonlarini tortib olib, voqea joyidan yashiringanliklarini ma`lum qilgan.
Shahar ichki ishlar bo`limi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida ushbu talonchilikni shu shaharda yashovchi ikki nafar 1998 yilda tug`ilgan va bir nafar 1996 yilda tug`ilgan shaxslar sodir etgani to`liq fosh etildi va ular qo`lga olindi.
Mazkur holat bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jinoyat sodir etganlar qilmishiga yarasha qonun oldida javob berishi aniq, biroq ota-onalar farzandlariga qimmat (bir emas ikkita) telefonlar olib bermaganida balki jinoyat sodir bo`lmasmidi. O`g`lining ham xalovati buzilmasdi.O`zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati