AsosiyDunyo

​Belorusiyalik jurnalist matbuot anjumanida gazeta edi

'​Belorusiyalik jurnalist matbuot anjumanida gazeta edi'ning rasmi

Belorusiyalik sport jurnalisti Vyacheslav Fedorenkov “Pressbol” gazetasini eb qo`ydi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.

Mazkur voqea aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirildi.

Vyacheslav Fedorenkov mazkur nashr xodimi hisoblanadi. U gazetada xokkeyga oid ruknni yoritadi. Fedorenkov kelgusi mavsumda Minskning “Dinamo”komandasi g`alaba qozonadigan bo`lsa, gazeta eyishini ma`lum qilgan edi. “Dinamo” klubi “Nefteximik” bilan bo`lgan matchda 2:1 hisobida g`alabaga erishdi. Oqibatda Vyacheslav Fedorenkov bergan va`dasini bajarish uchun gazeta eyishga majbur bo`ldi.

Boshqa yangiliklar