“Tvin Piks” serialida doktor Uill Xayvard va “Tvin Piks: Olov ichida” filmida Jvid Linch rolini ijro etgan aktyor Uorren Frost 92 yoshida vafot etdi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.
Aktyor AQShdagi Vermont shtati, Middlberi shahridagi uyida uzoq davom etgan kasallikdan keyin tongda vafot etdi. Bu haqda uning o`g`li Mark Frost xabar berdi. Uorren Frost mashhur “Tvin Piks” serialining 30 ta epizodida ishtirok etgan. U o`z karerasining boshida kichik-kichik rollarni ijro etgan, ammo “Tvin Piks” serialidagi roli unga haqiqiy mashhurlikni olib keldi.
19 yanvar kuni, yana bir amerikalik aktyor, shu serialda FRB agenti rolini ijro etgan Albert Rozenfeld ham vafot etgan edi.






