AsosiyJamiyat

​1 martdan savdo va pullik xizmat ko`rsatish ob`ektlari terminallar bilan jihozlanmasdan faoliyat yuritmaydi

'​1 martdan savdo va pullik xizmat ko`rsatish ob`ektlari terminallar  bilan jihozlanmasdan faoliyat yuritmaydi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining pul muomalasini yanada takomillashtirish va bank plastik kartalaridan foydalangan holda hisob-kitoblarni rivojlantirishga qaratilgan qaroriga asosan 2017 yilning 1 martidan boshlab chakana savdo va pullik xizmat ko`rsatish sohasidagi barcha tadbirkorlik sub`ektlari, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlar aholidan to`lovlarni plastik kartochkalar orqali qabul qilish imkonini beruvchi to`lov terminallari bilan jihozlanmasdan faoliyat yuritishi mumkin emasligi belgilab qo`yildi, deya xabar beradi Davlat soliq qo`mitasi Axborot xizmati.

Qaror bilan O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasiga tijorat banklari, O`zbekiston banklar assosiasiyasi va Yagona umumrespublika prosessing markazi bilan hamkorlikda 10 kun muddatda chakana savdo va pullik xizmat ko`rsatish ob`ektlarining to`lov terminallari bilan jihozlanganligini inventarizasiyadan o`tkazish, inventarizasiya natijalariga ko`ra qisqa muddatda, kerakli miqdordagi hisob-kitob terminallari o`rnatilishi va ularni zaruratga qarab uzluksiz elektr quvvati bilan ta`minlovchi texnik vositalar bilan jihozlanishini ta`minlash, yangi o`rnatilgan hisob-kitob terminallarini tadbirkorlik sub`ektlaridan ariza tushgan kundan boshlab uch kundan ko`p bo`lmagan muddatda ro`yxatga olinishini ta`minlash vazifalari yuklatilgan.

Boshqa yangiliklar