Ispaniya chempionati 23-turida Madridning “Real” jamoasi o`z maydonida “Espanol” futbolchilarini qabul qildi.
Qiziqarli kechgan o`yinda madridliklar 2:0 hisobida zafar quchdi. Dastlabki golga 33-daqiqada Alvaro Morata mualliflik qildi.
Ikkinchi golni esa jarohatidan tuzalib safga qaytgan Garet Beyl kiritdi. U 71-daqiqada zaxiradan maydonga tushib, 83-daqiqada gol kiritdi.
Real Madrid – Espanol 2:0
Gollar: 1:0 – 33 Morata, 2:0 – 83 Beyl.
Real Madrid – Kasilya, Varan, Nacho (Marselo, 81), Karvaxal, Pepe, Kovachich (Kazemiro, 61), Kroos, Isko, Vaskes, Ronaldu, Morata (Beyl, 71).
Espanol – Lopes, Duarte, Karikol, Reyes, Diop, Xavi Fuego, Lopes Silva, Xurado (Vaskes, 82), Reyes (Peres, 46), Pyatti, Moreno.
Ogohlantirishlar: Moreno (28), Kovachich (41), Isko (48), Xavi Fuego (53), Diop (68), Karikol (80), Kazemiro (82).