AsosiySport

“Real” qatorasiga 42 o`yinda gol urdi va o`z rekordini yangiladi

'“Real” qatorasiga 42 o`yinda gol urdi va o`z rekordini yangiladi'ning rasmi

“Real Madrid” jamoasi Ispaniya chempionati 23-turida “Espanol”ga qarshi kechgan bahs olib bordi va 2:0 hisobida zafar quchdi.

Shu tariqa madridliklar ketma-ket 42 o`yinda gol urishga muvaffaq bo`ldi. Madrid klubi oxirgi marta 2016 yilning 26 aprelida “Manchester Siti”ga qarshi EChL yarim finalida kechgan bahsda gol ura olmagan edi. Shundan buyon Zinedin Zidan shogirdlari 42 o`yinda maydonga tushib, 113 ta gol kiritishga muvaffaq bo`lgan.

Qayd etish kerakki, ketma-ket o`yinlarda gol kiritish bo`yicha Ispaniya chempionatida mutlaq rekord “Barselona”ga tegishli. Kataloniyaliklar 1942/43 va 1943/44 yilgi mavsumlarda qatorasiga 44 ta o`yinda gol urishga muvaffaq bo`lishgan.

Boshqa yangiliklar