Aktrisa Zarina Nizomiddinova jurnalist Jasur Hamroev bilan suhbatda Facebook orqali jonli suhbatda muxlislarni qiziqtirgan ko`plab savollarga javob berdi.
Xususan, Zarina erta turmush qurganidan afsuslanmasligini aytadi:
—Yoshlik payti odam o`ylamasdan qaror qabul qilar ekan. Nimagadir, men yosh turmush qruishga qaror qildim. Lekin bundan afsuslanmayman. Yaxshi tomoni, judayam yosh ona bo`ldim. 19 yoshda farzand ko`rdim. Hozir mana 8 yoshli o`g`lim bor. Maktabning 3-sinfida o`qiydi. Xatolarimdan afsuslanmayman.
“Birinchi turmush o`rtog`im meni ‘Romeo va Juletta’ filmidagi obrazimni ko`rib yoqtirib qolgan. O`g`lim otasi haqida umuman so`ramaydi. Chunki, uni deyarli ko`rmagan. Otasi ham hech qachon qo`ng`iroq qilib, o`g`lining holidan xabar olmaydi. Sababini bilmayman. Biz o`g`limning otasi bilan gaplashmaymiz. Ajrashganimizdan beri. U oilasini saqlab qolishga harakat qilgan. Lekin birga yashab ketishga mening ko`zim etmagan. Bo`lmaydigan narsani bo`lmagani yaxshi”,—deydi Zarina sobiq turmush o`rtog`i haqidagi savollarga javob berar ekan.