1

​“Asal oyi” filmida Shahzoda Muhammedova uch kishining ishini uddalayapti

Shou-biznes 20.02.2017, 14:18
Teglar: Aktrisa, Film, Shahzoda Muhamedova
​“Asal oyi” filmida Shahzoda Muhammedova uch kishining ishini uddalayapti

Rejissyor Jahongir Ahmedov yangi film suratga olayotgani haqida xabar bergan edik. “Asal oyi” deb nomlangan mazkur filmda bosh rollarni Shahzoda Muhammedova va Azamat Ahrorov ijro etmoqda.

Filmning suratga olish ishlari boshlab yuborildi. Dastlabki sahnalar Misrning Sharm ash-Shayx kurort shahrida suratga tushirilmoqda. Mazkur jarayon aks etgan suratlar film ijodkorlari, xususan rejissyor Jahongir Ahmedovning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaridan o`rin olgan.

Mana shunday suratlardan birini izohlar ekan rejissyor “Asal oyi” filmida aktrisa Shahzoda Muhammedova uch kishining ishini uddalayotganini alohida e`tirof etdi. Ma`lum bo`lishicha, aktrisa “Asal oyi” filmida bosh qahramon rolini ijro etishdan tashqari liboslar bo`yicha dizayner hamda grimm ustasi sifatida ishlamoqda.

“Asal oyi”da asosiy rollardan birini aktyor Muhammadiso Abdulxairov ijro etmoqda.

Sharhlar

DXXning 30 yilligiga bag`ishlab telekanallarda yangi film namoyish etiladi

26.09.2021, 14:30

Avvalroq bugun DXX xodimlarining 30 yillik tantanasi ekani haqida xabar bergan edik. Kinomotografiya agentligining qayd etishicha, sana munosabati bilan yangi "Mustahkam" filmi ishlab chiqilgan. Ma`lumotga ko`ra, mazkur...
"Qalbi o`zbek rus shoiri" hujjatli filmi premera qilindi

16.09.2021, 10:26

Kuni kecha adiblar xiyobonida O`zbekiston xalq shoiri Aleksandr Faynberg haqidagi "Qalbi o`zbek rus shoiri" hujjatli filmi premera qilindi. Kinokartina Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal...
“Soddadil” filmining s`yomka jarayonlari boshlandi

16.08.2021, 17:46

Kinematografiya agentligi “Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan “Debyut start-2021” kinofestivalida g`olib bo`lgan ssenariy loyihalari asosida “Soddadil” qisqa metrajli filmining s`yomka jarayonlari boshlandi.Bu haqda kinemotografiya agentligi axborot xizmati...
Gavhar Sharipovaga haydovchi shilqimlik qilganligi holati yuzasidan qo`shimcha bayonot berildi

20.11.2019, 14:21

“Aktrisaga shilqimlik qilingan, u esa yurib ketayotgan yuk mashinadan o`zini tashlagan” Qashqadaryo YHXB qo`shimcha bayonot berdi.2019 yil 18 dan 19 noyabrga o`tar kechasi soat 02:20...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1