Braziliya qamoqxonalaridan birining nazoratchilari mahbus uchun uyali aloqa vositasini olib kelgan kaptarni qo`lga oldi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.
Braziliyaning Franku-da-Rosha shahrida joylashgan Nilton Silva (Nilton Silva) qamoqxonasida mahbus uchun uyali aloqa vositasini olib kelgan kaptar qo`lga olindi. Nazoratchilar ustiga kiyimga o`xshash narsa kiydirilgan kaptarlarni tutayotgan mahbuslarni ko`rib, ular ham kaptar tutishga harakat qilishdi va kaptarning ustidagi nimchaga uyali aloqa vositasi bekitilganligining guvohi bo`lishdi.