AsosiyDunyo
4018

​Nyu-York aeroportida 11 kishi tekshiruvdan o`tmasdan parvoz qildi

'​Nyu-York aeroportida 11 kishi tekshiruvdan o`tmasdan parvoz qildi'ning rasmi

Nyu-Yorkning Jon Kennedi aeroportida turli reyslarning 11 yo`lovchisi nazorat tekshiruvidan o`tmasdan noma`lum tomonlarga parvozni amalga oshirgan, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.

Yo`lovchilarni nazorat tekshiruvidan o`tkazishdagi qonunbuzarliklar 5-terminalda qayd etilgan, chunki aynan shu paytda qo`riqlash xizmati xodimlari ish joyida bo`lmagan. Yo`lovchilar bunga e`tibor bermay, mustaqil ravishda metallodetektordan o`tgan. Polisiya mazkur voqeani 2 soatdan keyin aniqladi. Taxminlarga ko`ra, parvozni amalga oshirgan yo`lovchilarning shaxsiy buyumlari ham tekshirilmagan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar