AsosiyDunyo

​Stokgolmda ommaviy tartibsizliklar yuzaga keldi

'​Stokgolmda ommaviy tartibsizliklar yuzaga keldi'ning rasmi

Stokgolm shahar chetida ommaviy tartibsizlik yuzaga kelib, olomon avtomobillarga o`t qo`ydi, polisiya ogohlantiruvchi o`q uzdi, deb xabar berdi “Russian.rt.com” nashri.

Ommaviy tartibsizlik ishtirokchilari polisiyani toshbo`ron qilgandan keyin ular ogohlantiruvchi o`q uzishga majbur bo`ldi. Tartibsizliklar oqibatida avtomobillarga, mahalliy savdo do`konlariga o`t qo`yildi.

Ommaviy tartibsizlik yuzaga kelishiga huquq-tartibot idorasi tomonidan qidiruvda bo`lgan jinoyatchining qo`lga olinishi sabab bo`ldi va 30-40 kishidan iborat guruh norozilik sifatida ommaviy tartibsizlikni yuzaga keltirdi.

    Boshqa yangiliklar