1

​Sevara Solieva O`zbek davlat drama teatridan ishdan ketishi sabablari haqida gapirdi

Shou-biznes 21.02.2017, 10:38
Teglar: Aktrisa
​Sevara Solieva O`zbek davlat drama teatridan ishdan ketishi sabablari haqida gapirdi

Aktrisa Sevara Solieva “Darakchi” gazetasining “10 qaltis savol” loyihasida ishtirok etdi.

1. Sevara, rejissyor Ergash Mo`minovning “Zurriyot” serialidagi qahramoningiz Noilaga qilingan tuhmatga hayotda duch kelsangiz...

— Avvalo unday holatga tushishdan Xudo asrasin! Noiladan farqli o`laroq ochiqchasiga kurashardim, bu aniq. Qahramonim juda og`ir-bosiq, ishonuvchan, men esa butunlay aksiman.

2. Tosh bosadigan bu serialdan keyin ishtirokingizdagi “Uring, jonim, uring!” filmini tomosha qila olasizmi? Oilaviy filmingiz bo`lgani bois balki tanqidiy nazar bilan qarolmassiz?

— Tomoshabinlarga ham tushunmayman. Nima, faqat jiddiy mavzudagi filmlar suratga olish kerakmi? “Uring jonim, uring”da pul uchun odamlarning har ishga tayyorligi ko`rsatib berilgan, faqat komediya orqali. Tanqidiy fikr­larga bee`tiborman, chunki bu kinokartinaga ancha odamning mehnati singgan. Ochig`i, hammaga birdek yoqib bo`lmaydi.

3. Turmush o`rtog`ingiz bilan bir filmda suratga tushdingiz. Sevara Solievaning aktyorlik mahorati kuchlimi yo Ma`mur Sultonovning?

— Boshqa aktyorni aytganin­giz­da ham fikr bildirolmasdim. Aslida­ ham aktyor ham­kas­bi­ning mahorati haqida gapirishi noto`g`ri. Bu hayot — charxpalak. Bugun mahoratli bo`lgan aktyor, ertaga “o`tmas pichoq” bo`lib qolishi hech gapmas.

4. Kinoda siz uchun ideal “turmush o`rtoq” bu — Adiz Rajabov, Alisher Uzoqov, Asqar Hikmatov yoki hayotdagi turmush o`rtog`ingiz Ma`mur Sultonov?

— Bittasini tanlolmayman. “Poyma-poy” filmida Adiz Rajabov bilan ishlash nasib qilgan. Ilk rolim bo`lgani bois ham ko`nglimga qarab, qo`llab-quvvatlagan. Alisher Uzoqovning suratga olish maydonchasidagi improvizasiya­siga qoyil qolaman, dunyoqarashi keng aktyor. Alisher aka men uchun haqiqiy ustoz. Asqar Hikmatov bilan birgalikda komediyada ishlash yoqadi. Ma`mur aka turmush o`rtog`im bo`lgani uchun “tashqi ko`rinishim yaxshimi?” deb bemalol, uyalmay fikrlasha olaman (kuladi).

5. Sevara Solievaning aktrisa sifatidagi beshta kamchiligini sanab bering yo kam aytdimmi?

— (Kuladi) Kam-ko`pligini bilmadim. Suratga olish maydonchasidagi uyatchanligim pand beradi. O`zimga bo`lgan ishonchim etishmaydi. Rejissyorlar tanbeh berib, qo`pol muomala qilsa, rol ijro etolmayman. Meni yaxshi gapirib ishlatish kerak (kuladi). Aktyor baribir teatrda ishlab, “charxlanishi” kerak, farzandim bilan ovora bo`lib, mahoratimdan qoniqmaydigan bo`lib qolganman.

6. O`zbek Davlat drama teatrida ishlagandingiz. Teatrning talablariga bardoshingiz etmadimi?

— To`g`ri, bir yil ishladim. O`zbek Milliy akademik drama teatrida aktyor ko`pligi bois O`zbek Davlat drama teatriga borgandim. Teatrning sharoiti talabga javob bermaydi, qishda juda sovuq. Qaynonam va onam bilan spektakl ko`r­ga­ni borganimizda ham “Muzlab qoldik, bu erda qanday ishlaysiz?” deyishgandi.

7. Kinodan boshqa daromadingiz bo`lmagani uchun rol tanlamay istalgan filmda suratga tushaverasizmi? Mashhur aktyorlardan biri “Pullar sarflanadi, davr o`tadi, lekin ekranda “dog`” qoladi”, degandi.

— Haq gap! So`nggi vaqtlarda “yuk”i yo`q film­larni rad etadigan bo`ldim. Faqat pulni emas, obro`ni ham o`ylash kerak ekan.

8. O`ylagan fikringizni qanday davrada ekaningizga qaramay gapiraveradigan odatingiz bor. Bu sizga pand bermaydimi?

— Yo`q. Turmush o`rtog`im ham “Rostini aytib qo`yaverasan”, deb tanbeh beradilar. Vaziyatni berkitgandan, borini aytganimni ko`proq to`g`ri qabul qilishadi, nazarimda.

9. Qaynonangizning fikricha qanday kelin, ona va aktrisasiz?

— Qaynonam ozodalikni yaxshi ko`rishimni maqtaydilar. Lekin ovqat pishirishim muammo (kuladi). Sabrsizman, bolani voyaga etkazish qiyinligini ona bo`lib bildim. Bu kamchiliklarimni qaynonam ham biladilar, nazarimda. Aktrisa sifatida hurmat qiladilar, hamma sharoitni yaratib berishgan. O`zimni tarbiyalashga harakat qilyapman. Alohida uyda yashaganimiz uchun kamchiliklarim “parda” ortida qoladi.


Maxsus savol! Ravshan

Hakimov, telejurnalist:

10. Hamma o`zini to`yda boshlovchilikda sinab ko`rgani uchun siz ham bu ishga qo`l urdingizmi? Ishonamanki, bu yo`nalishda o`zingizdan qoniqmadingiz. Aktrisaning boshlovchilik qilishi qanchalik to`g`ri? Nega boshlovchilar aktyorlikka intilmasligini bilasizmi?

— Yangi qirramni ochish va daromad uchun bu ishga qo`l urgandim. Siz bilan to`yga chiqqanimda, ochig`i, odamlar oldida hayajonlangandim. Boshlovchilikni davom ettirib, bu “kompleks”imni engmoqchiman. Odamlarning oldida uyalib qolmay, deb asabingizga tegsa-da, tinmay savol berib, o`sha kuni sizni bezor qilgandim. Lekin, faqat sizni emas, boshqa boshlovchilarning ham asabini “egovlaganman” (kuladi). Aktyorlarning yuzi taniqli bo`lgani uchun bizni boshlovchilikka chaqirishadi. Boshlovchilar ishni kinodan boshlamagani uchun faqat bitta ishni qiladi. Demak, bu borada omadlimiz.

Sadoqat ALLABERGANOVA suhbatlashdi.

Sharhlar

Gavhar Sharipovaga haydovchi shilqimlik qilganligi holati yuzasidan qo`shimcha bayonot berildi

20.11.2019, 14:21

“Aktrisaga shilqimlik qilingan, u esa yurib ketayotgan yuk mashinadan o`zini tashlagan” Qashqadaryo YHXB qo`shimcha bayonot berdi.2019 yil 18 dan 19 noyabrga o`tar kechasi soat 02:20...
Shavkat Komilov suratga olish jarayonida aktrisani o`ldirib qo`yishiga bir bahya qoldi (video)

05.11.2019, 00:13

“Yolg`izlar”, “Ko`z yoshim”, “Dard” kabi o`n beshdan ziyod filmlari orqali tanilgan aktyor Shavkat Komilov ishtirokida video  tarqaldi...Unda aktyor, portnyori Aziza Yoqubovani chin ma`noda o`ldirib qo`yishiga...
​AKTRISA ASAL ShODIEVA TADBIRKORLIKKA QO`L URDI (FOTO, VIDEO)

21.09.2017, 15:12

Asal Shodievaning Instagramdagi ijtimoiy tarmog`ida o`ziga xos dizayndagi liboslar to`plami aks etgan suratlar paydo bo`ldi. Ma`lum bo`lishicha, mazkur liboslar aktrisaning g`oyasi bilan yaratilgan bo`lib, Miel...
​SITORA ALIMJONOVA ShAXSIY HAYoTINI MUHOKAMA QILGANLARGA MINNATDORChILIK BILDIRDI

14.08.2017, 12:34

Aktrisa Sitora Alimjonova 8 avgust kuni turmushga chiqdi. Uning to`yi Tailandning Pxuket orolida bo`lib o`tdi.Sitora o`z intervyularida turmush o`rtog`ining 27 yoshda ekanligini va u tadbirkorlik...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1