Ispaniya chempionati 16-tur qoldirilgan o`yinida “Real Madrid” futbolchilari safarda “Valensiya” mehmoni bo`lishdi.
Qiziqarli va kurashlarga boy kechgan o`yinda madridliklar 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Uchrashuvning 4-daqiqasidayoq Simone Dzadza hisobni ochgan bo`lsa, 9-daqiqada Orelyana hisobni oshirdi.
Birinchi bo`lim yakunida Ronaldu hisobni qisqartirdi, ammo o`yinda boshqa gollar bo`lmadi. Shu tariqa madridliklar 3 ochkodan quruq qoldi va Ispaniya chempionatidagi ikkinchi mag`lubiyatini qabul qilib oldi.
Valensiya – Real Madrid 2:1
Gollar: 1:0 – 4 Dzadza, 2:0 – 9 Orelyana, 2:1 – 44 Ronaldu.
Valensiya – Diego Alves, Garay, Gayya, Joau Kanselu, Mangalya, Parexo, Peres, Orelyana (Soler, 56), Nani (Sikeyra, 39), Dzadza (Suares, 74), Munir.
Real Madrid – Navas, Varan (Nacho, 73), Marselo, Karvaxal, Ramos, Kroos, Kazemiro, Modrich (Vaskes, 76), Xames (Beyl, 62), Ronaldu, Benzema.
Ogohlantirishlar: Zaza (19), Karvaxal (29), Munir (43), Peres (54), Varan (59), Mangalya (67), Parexo (90).
15.03.2023, 11:00
FIFA navbatdagi jahon chempionati formati borasida qaror qabul qildi va uni tasdiqlashga yaqin turibdi, deya yozdi "zamon.uz".Bu 48 ta jamoa ishtirok etadigan birinchi jahon chempionati...07.05.2022, 09:03
Xabaringiz bor 17-18 may kunlari Toshkentda Italiya va O`zbekiston futboli afsonalari uchrashuvi o`tkazilishi rejalashtirilgan. O`zbek futbolining 110 yilligiga bag`ishlab o`tkazilayotgan ushbu o`yinda uzoq yillar davomida...13.11.2021, 16:07
Madridning “Real” klubi qishki transfer oynasi vaqtida “PSJ” hujumchisi Kilian Mbappeni o`z safiga qo`shib olmoqchi. Bu haqda RMS xabar berdi. Qayd etilishicha, “qirollik” klubi 22 yoshli fransiyalik futbolchining...23.10.2021, 22:16
Superliganing 23-turidan o`rin olgan "Qo`qon-1912" - "Lokomotiv" (2:1) uchrashuvidan so`ng mehmonlar bosh murabbiyi Mikael Sekeyra fikrlarini bildirib o`tdi.Portugaliyalik mutaxassis o`yindan keyin o`zbek futbolidagi tizimni keskin...