Xonanda Xurshid Rasulov hamda uning o`g`li Sardor Rasulovlar o`zlarining navbatdagi konsert dasturini taqdim qilishmoqda.
Xonandalar o`zining azaliy an`anasiga sodiq qolgan holda, bu galgi konsert dasturini ham jonli ijroda o`tkazishadi.
Konsert dasturi 5-6 aprel kunlari bo`lib o`tadi. Dastur nomi “Suyganlarimsiz” deb nomlanib, qo`shiqlar 100 foiz jonli ijroda kuylanadi.
Chiptalar “Istiqlol” san`at saroyi kassalarida sotilmoqda.