Indoneziyadagi G`arbiy Yava viloyatining ma`muriy markazi hisoblangan Bandung shahridagi hukumat binosida portlash yuz berdi, deb xabar berdi “Ria.ru” nashri.
Binoni portlatgan odam bino ichida qolib ketdi. Polisiyachilar bilan uning o`rtasida otishma bo`ldi va ular jinoyatchini qo`lga oldi. Tergov ishlari boshlab yuborildi. Bombaning qo`lbola ekanligi aniqlandi, jinoyatchi esa terrorchilar bilan aloqadorlikda gumon qilinmoqda






