AsosiyJinoyat
8165

​Tomorqasida “marixuana” etishtirgan fuqaro qo`lga olindi

'​Tomorqasida “marixuana” etishtirgan fuqaro qo`lga olindi'ning rasmi

Bugungi kunda yurtimiz bo`ylab aholini giyohvand moddalar ta`siriga tushib qolishdan saqlash bo`yicha keng qamrovli chora-tadbirlar ishlab chiqib, amalga oshirilmoqda. Shuning bilan birga narkotik moddalarni etishtirish, oldi-sotdisi qonun zid ekanligi, bunday faoliyat bilan shug`ullanganlar jinoiy jazoga tortilishi belgilab qo`yilgan. Lekin hayotimizda bu qoidalarni pisand qilmay, osongina mo`may pulga ega bo`lishga intilayotgan insonlar ham uchrab turgani ajinarli hol. Davron va Nosir (ism-familiyalar o`zgartirilgan) kabi shaxslar shunday kimsalardan hisoblanadi.

Davron qo`shimcha daromad topish maqsadida o`zi istiqomat qiladigan hovlining tomorqa eriga, tarkibida faol giyohvand modda, tetragidrokannabinol mavjud bo`lgan, 2 tup «marixuana» o`simligini ekib, parvarishlaydi. Hosil pishib etilganidan so`ng uni yig`ib olib, kelajakda pullash maqsadida uyining bir chetiga yashirib qo`yadi.

BIRINChI MIJOZ

2016 yil avgust oyining boshlari Davronnin uyiga tanishi Nosir kirib keladi. Ular dastlab salomlashib hol-ahvol so`ragan bo`lishadi. So`ngra Nosir maqsadga ko`chadi.

— Og`ayni senda haligi “qurug`i”dan bormi?

— Nashami? — javob qaytardi Davron.

— Ha, shundan kerak edi, topishning iloji bormi?

— Bu dunyoda iloji yo`q narsaning o`zi yo`q.

— Rostdanmi, iltimos, shu ishda yordam berib yubor.

— Siz iltimos qilasiz-u, men rad etamanmi? Mehmonni xafa qilish yaramaydi. Faqat ozgina chiqimi borda. Bilasiz-ku hozir mushuk ham tekinga oftobga chiqmaydi.

— Qancha? Narxini eshitaylik-chi. Bir bo`lagi 30 000 so`m bo`ladi. Cho`ntak ko`tarsa, hozir muhayyo qilishim mumkin.

— Roziman, olib chiqaver, so`ragan pulingni beraman.

Shundan so`ng mezbon boshqa xonaga kirib, qo`lida bir bo`lak sellofan parchasiga o`ralgan, sof og`irligi 10 gramm bo`lgan «Marixuana» giyohvandlik moddasi bilan mehmonni oldiga qaytib chiqadi.

— Mana qidirgan narsangiz, pulini bersangiz bu sizniki. Aytgancha, buni o`zi nima qilmoqchisiz, chekasizmi yo birortasiga o`tkazasizmi?

“Ishing bo`lmasin, “Uzumini eginu bog`ini surishtirma” degan o`y bilan uy egasiga pulni uzatib, Nosir tashqariga chiqib ketadi. Ularning ilk savdosi shunday boshlangan edi.

TAKRORIY TAShRIF

Bu voqeadan bir necha kun o`tib, Nosir tanishini yo`qlab keladi. Bu safar ham avvalgidek, 30.000 so`m evaziga o`ziga kerakli narsani olib ketadi.

2016 yil 28 avgust kuni 12:00da Davronning uyiga tanishi tashrif buyuradi. Bu tashrifdan asosiy maqsad yana bir bor geroin moddasini sotib olishdan iborat edi. Shu kuni bir necha soatdan so`ng Nosir qaytib keladi.

— Nima bo`ldi, tinchlikmi, bu safar tez yo`qlab qoldingiz? – so`radi Davron hayratlanib.

— Hech narsa, haligi narsadan yana kerak bo`lib qoldi.

— Boya olib ketgandingizku, tezda chekib tugatdingizmi yoki biror kimga yaxshiginaga pulladingizmi?

— Hozir ortiqcha gaplarning o`rnimas. Juda zarur bo`lib qoldi, shunga keldim. Yana bitta sellofan ber.

— Xo`p, faqat “haligi”si naqdmi, men nasiyaga ish qilmayman.

— Bu yog`idan xavotirlanma.

POYoNIGA ETGAN KELIShUV

Shundan so`ng xonadon sohibi mehmonga so`ragan narsasini beradi. O`z o`rnida Nosir ham kelishilgan pulni uzatadi. Davron pullarni qurtday sanayotgan vaqtida qonun himoyachilari tomonidan qo`liga kishan taqiladi.

Sud hukmiga ko`ra, jinoyatchilar O`zbekiston Respublikasi JKning 270-moddasi 1-qismi, 273-moddasi 5-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topildi. Shu taxlit yana bir qora og`u savdosiga chek qo`yildi. Endi jinoyatchilar qilgan qora qilmishlari uchun qonun oldida javob berishiga to`g`ri keladi.

Jinoyat ishlari bo`yicha

Bog`ot tuman sudi taqdim etgan sud hukmi

asosida Zuhriddin RAHMONOV tayyorladi

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar