Italiya A Seriyasi 26-turidan o`rin olgan “Fiorentina” va “Torino” jamoalari o`rtasidagi o`yin o`z yakuniga etdi. Jangovar ruhda o`tgan o`yin 2:2 hisobida yakun topdi.
Uchrashuvning 8-daqiqasida Saponara hisobni ochgan bo`lsa, 38-daqiqada Kalinich hisobni oshirdi va florenisyaliklar tanaffusga katta ustunlik bilan chiqishdi.
Ammo ikkinchi bo`limda barchasi o`zgardi. “Torino” hujumchisi Belotti 65 va 85-daqiqalarda dubl qayd etdi. Shu tariqa o`yin 2:2 hisobida tugadi.
Italiya chempionati, 26-tur
Fiorentina – Torino 2:2
Gollar: Saponara, 8, Kalinich, 38 – Belotti, 65, 85
Fiorentina: Teterushanu, Astori, Rodriges, Salsedo, Keza, Saponara (Kristoforo, 80), Sanches (Tomovich, 76), Valero, Badel, Telo (Olivera, 88), Kalinich.
Torino: Xart, Ayeti (Rossettini, 46), Barreka, Dzappakosta, Moretti, Lukich, Benassi (Gustafsson, 58), Bazelli, Yago Falke, Boye (Lyayich, 69), Belotti.
Ogohlantirishlar: Lukich, Benassi, Saponara.