AsosiySport

Sergey Lushchan raqibni OChL favoriti ekanini aytdi

'Sergey Lushchan raqibni OChL favoriti ekanini aytdi'ning rasmi

Osiyo Chempionlar Ligasi “S” guruhi 2-turidan o`rin olgan “Bunyodkor” – “Al-Ayn” uchrashuvni oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida “qaldirg`ochlar” ustozi Sergey Luchshan hamda yarim himoyachi Dostonbek Hamdamov ishtirok etdi.

“Raqib ancha xavfli, bu darajadagi kuchli jamoa bilan avval o`ynamaganmiz. “Al-Ayn” turnir favoriti sanaladi. Raqib jamoaning barcha rasmiy o`yinlarini kuzatib bordim, ularni o`rgandim. “Al-Ayn” hujumkor futbol ko`rsatishiga amin bo`ldim. Raqib tarkibi ajoyib, ularda Osiyoning eng yaxshi futbolchisi – Umar Abdulrahmon to`p suradi. U haqiqiy “o`zga sayyoralik”. Umar ajoyib uzatmalar beradi, maydonni to`liq ko`ra oladi.

“Bunyodkor”ning asosiy maqsadi yoshlarni tarbiyalash va ularga o`yin amaliyotini berish, ayniqsa, OChL musobaqasida. Shubhasiz, “Al-Ayn” ertaga favorit, biroq ochko olish uchun kurashamiz. Dastlabki o`yinda qo`yilgan xatolar borasida yigitlar bilan gaplashib oldik, ammo ular yosh va hamma ham xato qiladi”, – dedi Sergey Lushchan.

“Uchrashuv oson bo`lmasligini bilamiz va shunga yarasha tayyorgarlik ko`rdik. O`z o`yinimiz bilan muxlislar va o`zbek xalqini xursand qilishga harakat qilamiz. Jamoaiy o`yin asosiy qurolimiz”, – dedi Dostonbek Hamdamov.

Eslatib o`tamiz, “Bunyodkor” va “Al-Ayn” o`rtasidagi uchrashuv bugun, 28 fevral kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida bo`lib o`tadi. O`yin 18:00 da start olishi rejalashtirilgan.

Boshqa yangiliklar