AsosiyJamiyat

​Mirobod tumanida yuz bergan yong`in oqibatida ikki kishi halok bo`ldi

'​Mirobod tumanida yuz bergan yong`in oqibatida ikki kishi halok bo`ldi'ning rasmi

Mirobod tumanida sodir bo`lgan yong`in oqibatida ikki kishi halok bo`ldi.

Toshkent shahar YoXBB tomonidan xabar berishlaricha, yong`in 27 dan 28 fevralga o`tar kechasi Yorqin ko`chasidagi uylardan birida sodir bo`lgan. Maydon 50 kv.m. bo`lgan uyning tomi, xonalari va jihozlari yongan.

Yong`in o`chirayotganda uyning egalari 1963 yilda tug`ilgan er va 1969 yilda tug`ilgan ayolning jasadi topildi. Dastlabki xulosalarga ko`ra, ularning o`limi is gazidan zaharlanish oqibatida yuz bergan. Hodisa olovdan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaganlik sabab bo`lgan.

Ayni damda tergov olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar