Buyuk Britaniyaning Manchester aeroportining uchish-qo`nish yo`lagi yaqinidan o`tgan avtotrassada portlash sodir bo`ldi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.
Portlash oqibatida aeroportga kirish-chiqish yo`li berkildi. Portlash sodir bo`lganda, tunnel ichida bir nechta mashinalar bo`lgan, ularning haydovchilari avtomobillarini tunnel ichida qoldirib, tashqariga chiqdi.
Voqea joyi polisiyachilar tomondan o`rab olindi. Qurbonlar va jabrlanganlar haqida hozircha ma`lumotlar yo`q.